Yangiliklar –
YERLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY ASOSI
— Bugungi kunda dunyoda global iqlim o‘zgarishi tufayli mamlakatimizda ham ob-havoning keskin o‘zgaruvchanligi kuzatilmoqda. Bu esa, yerlardagi salbiy holatlarning ortishiga olib kelmoqda. Natijada dunyo bo‘yicha 6-7 mln gektar yer maydoni turli xil degradatsiyaga uchrab, qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketmoqda. Buning oldini olish, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, yerlardan samarali foydalanish maqsadida ushbu qaror qabul qilindi. — Ushbu Qarorning ijrosini taʼminlash qaysi tashkilotlar zimmasiga yuklatildi? — Qarorda Qishloq xo‘jaligi vazirligi yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ sifatida belgilandi. Respublikamizdagi sug‘oriladigan tuproqlarning digumfikatsiya jarayonlarining oldini olish, sho‘rlanishga qarshi kurashish, shamol, sug‘orish eroziyasi bo‘yicha yangi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha yangi zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar va amaliy ishlar ishlab chiqish vazifasi belgilandi. — Tuproq unumdorligini oshirish va sho‘rlanishga qarshi chora-tadbirlar belgilanganmi?
— Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Qaror ijrosini taʼminlash borasida qanday ishlarni amalga oshirmoqda? — Qarorga asosan institutimiz faoliyatini yanada yaxshilash, ish ko‘lamining samaradorligini oshirish maqsadida respublikamizning 4 ta viloyatida filial tashkil etildi. Mintaqaviy filiallarimiz Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm hamda Andijon viloyatlarida joylashgan. Qarorda keltirilgan vazifalarni amalga oshirishda ushbu filiallarning o‘rni beqiyos. Filiallar qoshida “Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ular orqali yerlarda kechayotgan degradatsiya — 2023-yil 2-fevralda ushbu mavzu yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qaror qabul qilindi. Ushbu qarorda qaysi jihatlarga eʼtibor qaratilgan? — Darhaqiqat, Vazirlar Mahkamasining “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash” bo‘yicha 50-son qarori qabul qilindi. Unda har bir soha bo‘yicha qilinadigan ishlar hajmi, muddatlari, vazifalari aniq belgilab o‘tildi. Nizomda sug‘oriladigan yerlarda kechayotgan degradatsiya jarayonlarini baholash, monitoring qilish bo‘yicha vazifalar ham keltirilgan. Monitoring olib borilayotgan hududda avvalgi olingan maʼlumotlar va bugungi kundagi tahlillar natijalari asosida hisobotlar va maʼlumotlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Geoportalga joylashtiriladi va ularda kechayotgan jarayonlar baholanadi. |

(24-03-2023, 09:26)
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida g‘o‘za qator

(24-03-2023, 09:24)
Shu kunlarda Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan delegatsiya O‘zbekistondagi turli soha vakillari bilan ko‘pqirrali hamkorlik qilish bo‘yicha faol

(24-03-2023, 09:23)
O‘zbekiston prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi. Kengash hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos g‘o‘za navlarini ekish va

(24-03-2023, 09:21)
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bo‘lim mudiri, biologiya
ОПРОС
Оцените работу движка
Добавил Admin 24-03-2023, 09:21
Просмотров: 149
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
|