Jamiyat tijorat tashkiloti boʻlib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan foyda olishdir. Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat koʻrsatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi: – paxta xom ashyosini belgilangan tartibda xarid qilish, saqlash, qayta ishlash, jahon bozorida raqobatga bardoshli yuqori sifatli paxta mahsulotlari ishlab chiqarish va shu orqali jamiyatning iqtisodiy samaradorligini kuchaytirish va foyda olish; – paxta xom ashyosini xarid qilish va qayta ishlash yuzasidan paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzish; – tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta xom ashyosini xarid qilish va uni belgilangan reja-topshiriqlarga muvofiq oʻz vaqtida qayta ishlash, ishlab chiqarilgan paxta maxsulotlarini isteʼmolchilariga yetkazib berish; – paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni paxtaning jahon bozorida xaridorgir boʻlgan seleksiya navlarining yuqori konditsiyali urugʻlik chigitlari bilan taʼminlash; – pul mablagʻlardan maqsadli foydalanish, paxta xom ashyosini xarid qilish va qayta ishlash yuzasidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan belgilangan tartibda xisob – kitob qilish; – paxta xom ashyosini xarid qilish, paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlari ishlab chiqarish, isteʼmolchilarga joʻnatish va shu mahsulotlarning koldiqlari boʻyicha hisob-kitob va hisobot yuritish, paxta mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari, uni eksportga va respublika isteʼmolchilariga sotish boʻyicha maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash; – xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish bozor mexanizmini rivojlantirish; – jamiyatni texnik jihatdan jihozlash, zamonaviylashtirish, chet el investitsiyalarini jalb etish, jamiyatni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish; – jamiyat iqtisodiy, moliyaviy holatini barqarorlashtirish, investitsion portfeldan samarali foydalanish, mehnat jamoasi uchun qulay, zamonaviy sharoitlar yaratish, ularning iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish; – Oʻzbekiston Respublikasi paxtani qayta ishlash sanoatining rivojiga munosib hissa qoʻshish; – belgilangan tartibda investorlar bilan shartnoma asosida jamiyatga xoʻjalik faoliyati uchun samarali boʻlgan investitsiyalar kiritish; – Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda mol-mulk, koʻchmas mulk, intellektual mulklar olish, sotish, ijaraga berish, ijaraga olish. – ishlab chiqarilgan xalq isteʼmoli mollarining ulgurji va chakana savdosini tashkil etish; – qishloq xoʻjalik, jumladan chorvachilik maxsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishga haqli. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olishni talab qiladigan faoliyat turlari jamiyat tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziya olingandan keyin amalga oshiriladi. Mazkur Ustavda koʻrsatilgan oʻz oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun jamiyat investitsion va Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari bilan man etilmagan faoliyatlarning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin. Jamiyat qonunchilikda belgilangan boshqa faoliyat turlarini belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin. |
Напечатать